Bugun, 22-aprel kuni Toshkent fotosuratlar uyida davom etayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida tasviriy san’at ixlosmandlari uchun unutilmas ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
“VISTA-ARTISTA” savdo belgisi ko‘magida rossiyalik mahoratli rassomlar — Tatyana Babushkina, Irina Kovalenko hamda “Art-karvon” ijodiy guruhi ishtirokida maxsus mahorat darslari o‘tkazildi.
📝 Mazkur tadbir nafaqat tajriba almashish maydoni, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning yorqin namunasi bo‘ldi. Unda san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, professional rassomlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
✅ Ushbu mahorat darslari yosh ijodkorlarga yuqori sifatli badiiy materiallar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro miqyosdagi ustozlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini berdi. Festival doirasidagi bunday uchrashuvlar milliy san’atni boyitish va zamonaviy texnikalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda tajribali mutaxassislar bilan birgalikda ijodiy namunalar yaratishdi.