Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Shu yil 1–15-noyabr kunlari Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY tomonidan Turkiya Respublikasida turk dunyosi rassomlarining ijodiy ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Istanbul shahridagi “Zorlu” zamonaviy san‘at markazida o‘tkazilgan ushbu xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilari, musavvirlarimiz Muxammadiyor Toshmurodov hamda Sardor Allabergenov o‘z asarlari bilan ishtirok etishdi.
Shunigdek, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a‘zosi, isteʼdodli yosh rassomimiz Sardor Allabergenov Turk dunyosi rassomlar akademiyasining muxbir aʼzosi bo‘ldi.
Istanbul shahrida tashkil qilingan turkiy dunyo rassomlari ko‘rgazmasida S.Allabergenovga aʼzolik sertifikati tantanali topshirildi.