close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Andijon davlat universitetida “Turkiy dunyo san’ati: tarixiy-madaniy meros va zamonaviylik” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Bobur shahrida o‘tkazilayotgan Rassomlar festivali dasturi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, TURKSOY – Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti hamda Andijon viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning turli hududlari, shuningdek, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasidan tashrif buyurgan tasviriy va amaliy san’at vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, ijodkorlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Rassomlar festivali doirasida tashkil etilgan ushbu ilmiy-nazariy anjuman turkiy xalqlar tasviriy va amaliy san’ati vakillarini bir-biriga yanada yaqinlashtirdi, – deydi Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Me’morchilik va san’at instituti yetakchi ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elchin Shamilli.

Yakunida mavzu doirasidagi o‘rganish va ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Anjumanning faol ishtirokchilariga TURKSOY tashkiloti sertifikatlari topshirildi.