close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Badiiy akademiya tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi o‘qituvchilari tomonidan 38 nafar o‘zbek ayolining portreti yaratildi.

Bugun “Akademiya” galereyasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi hamda Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida “Bahor uyg‘unligi” nomi ostida ushbu portretlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, keng jamoatchilikka namoyish etildi.

8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur ekspozitsiyada madaniyat va san’at hamda harbiy sohalarda faoliyat yuritayotgan, milliy teatr va kino san’ati taraqqiyotiga, yurtimiz osoyishtaligini ta’minlashga hamda jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh mo‘tabar ayollarimiz va opa-singillarimizning qiyofalari badiiy talqinda aks ettirilgan.

Ushbu portretlar to‘plami orqali rassomlar o‘zbek ayolining matonati, go‘zalligi, fidoyiligi va jamiyat hayotidagi o‘rnini chuqur badiiy ifoda orqali namoyon etishga harakat qilganlar.