Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun,15-iyul kuni Urganch shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Xorazm viloyat hokimi Jo'rabek Raximov tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyul kuni qabul qilingan "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-212-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Xorazm viloyatida bu borada 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro muloqotda Xorazmda tasviriy va amaliy sanʼatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, isteʼdodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy taʼlim sohasida yuksak malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yuritish, Badiiy akademiyaga qarashli Xorazm ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati faoliyatini takomillashtirish masalalri bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga viloyatda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ijod ahli uchun ustaxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning shaxsiy va jamoaviy ko‘rgazmalarini uyushtirish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.