close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Badiiy akademiya tasarrufidagi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining zamonaviy va shinam ko‘rgazmalar zalida  ustoz-shogird anʼanasi asosida 16 nafar rassom ishtirokida "Moviyga parvoz" nomli ko‘rgazma ish boshladi.

O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, professor Akmal Ikromjonov boshchiligida anʼanaga aylangan ushbu ijodiy loyiha 12 yildan beri o‘tkazilmoqda.  

Loyihaning asosiy maqsadi - yosh avlod rassomlarining akademik rangtasvir sirlarini  har tomonlama o‘rganishlari, individual ijodiy tajriba va izlanishlarini namoyon etishlariga yordam berish, qo‘lla-quvvatlashdan iborat.    

Ko‘rgazmada  qatnashgan mo‘yqalam ustalarining har biri o‘z uslubi va tematikasi bilan diqqatga sazovor. Unda zamonaviy konseptual  asarlar, manzara, portret, abstrakt boshqa janrlarni ko‘rish mumkin. 

Rassomlar tarixiy, ijtimoiy va tabiiy mavzularga turli uslubda yondashganlar.

Ko‘rgazmada ustoz rassom Akmal Ikromjonov bilan birga Diyor Roziqov, Sirojiddin Axmedov, Ulug‘bek Rajabov, Abdumajid Sagatov, Erkin Bozorov, Jamshid Chorshambiyev, Farrux Mavlonov, Umar Rajabov, Xurshid Ibragimov, Saidbek Sabirbayev, Mirali Maxmudov, Muhammadjon Sattorov, Bobur Vahobjonov, Zuhriddin Qiyomov, Siddiqbek Abdumo‘minov  ishtirok etmoqda.