Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan “Ustozim – ulug‘ faxrim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni maktab rahbari M. Axmedova ochib berar ekan, yurtimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosligi, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda ularning mehnati bebaho ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, maktab-internatning iqtidorli san’atkorlari o‘z ijodiy chiqishlari bilan ustozlarga hurmat-ehtirom izhor qildilar.
Tadbir davomida bir qator o‘qituvchilar maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. MDH davlatlari bòyicha ilmiy anjumanda ishtirok etib ĝolib bòlgan bir guruh ustozlar "YURT IFTIXORI" ko'krak nishoni bilan yana bir bor jamoa oldida etirof etildi. Bu esa ustozlarning mehnatini qadrlash, ularni rag‘batlantirishning yaqqol ifodasiga aylandi.
Tadbir yakunida barcha ustozlar samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va o‘quvchilarning mehr-muhabbatiga to‘lib-toshgan kunni yodda qolarli tarzda nishonladilar.
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida o‘tkazilgan ushbu bayram nafaqat o‘quvchilar, balki ustozlar qalbida ham unutilmas taassurot qoldirdi.