Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 28-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Mustaqil Vatan: shonli tarix-Yangi Oʻzbekiston” nomli fotokoʻrgazmaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ajdodlarimizning azaliy orzusi hamda ulkan saʼy-harakatlar natijasida xalqimiz istiqlolga erishganiga bu yil oʻttiz uch yil toʻldi. Tadbirda Mustaqillikka erishish, albatta oson kechmagani – mashaqqatli mehnat, millatimiz ziyolilarning boshdan kechirgan murakkab sinovlari, yoʻqotishlar va qurbonlar evaziga bugungi faravon kunlarga erishilganligi taʼkidlandi.

Fotokoʻrgazmada Oʻzbekiston  Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan  xalqimizning istiqlolga boʻlgan soʻnmas umidlari, Turkiston ozodlik harakatlari, jadidlik harakati, Buxoro va Xiva xonliklari, Qoʻqon muxtoriyati, sobiq ittifoq davridagi Oʻzbekiston va ilk mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi, shu bilan bir qatorda 1991-yil 1-sentabr mustaqillikni eʼlon qilinishi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti aks ettirilgan fotosuratlar namoyish etilmoqda.

Ma'lumot uchun mazkur ko'rgazma Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida tashkil etildi.