close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida o‘quvchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi.

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni deb nomlangan mazkur tanlovda rassomlik bo‘limining barcha yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar jasur va mard Vatan himoyachilarini o‘z ijodiy tasavvurlari asosida badiiy tasvirlarda aks ettirdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.