Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

14-oktyabr kuni  Markaziy ko‘rgazmalar zalida 
X Toshkent xalqaro zamonaviy san'at biennalesining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.  

Haftalik zamonaviy san'at bayramiga rasman start berildi.

 X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida Markaziy ko‘rgazmalar zalida installyatsiya, videoart, perfomans, haykaltaroshlik, grafika va rangtasvir asarlardan iborat  keng qamrovli ko'rgazma ochildi.
 
MKZning 1-qavatida hozirda Londonda yashab, ijod qilayotgan yurtdosh rassom Yunus Safardiyorning “So‘nggi xayqiriq” instalyasiyasi o‘rin oldi. 

Koʻrgazmada Ye.Kryukova, O.Jityenyova (Rossiya), Sara Yang (Avstraliya), A.Manfredi (Italiya), G.Bannan (AQSH), M. Txara (Fransiya), L. Chak (Isroil), G. Yonutsesku, K.Virdjiniya Dimou (Ruminiya), A. Abdullayeva (Italiya), N. Nishimura (Yaponiya), O. Evdokimenko (Belarus), S.Bajaj (Hindiston),  I. Uzbekova (Qozog‘iston) kabi xorijiy rassomlar ham ishtirok etmoqdalar.

Ushbu koʻrgazmada taqdim etilgan biennalening xorijiy ishtirokchilari loyihalari bir xil mavzuga ega, ular zamonaviy san’atning turli koʻrinishlari va shakllarida talqin etiladi. 

San’atning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni, jamiyatga munosabati, ularning o‘zaro uyg‘unligi turli mavzu, shakl va rangdagi asarlarda o‘z ifodasini topgan.
         
Shuningdek, Markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘zbekistonlik ishtirokchilar: М. Borodina, Sh.Abdumalikov, L.Almyasheva, D.Roziqov, T.Fadeyeva, X.Jalilov, A.Mirzayev, D. Ruziboyev, M.Mirsaidov, E.Kulmanov, S.Sabirbayev, M.Isanov, A.Xamdamov, M.Li-Safi, T.Li, N.Isaev, U.Yusupov, A.Kalanov, R.Bazarov, K. Norxo’rozov, J. Annazarov, A. Isonaliyev, A.Avakyan, N.Domansevich, N.Kuziyeva qatnashmoqda.

X Toshkent xalqaro zamonaviy san‘at biennalesi doirasida Kamoliddin  Behzod nomidagi Sharq minitayura sanʼati muzeyida "Sanʼat va dunyo" ko‘rgazmasi ochildi. 

Unda yurtimiz hamda Germaniya, Jazoir, Albaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiyadan kelgan rassomlarning zamonaviy sanʼat asarlari, video-loyihasi  taqdim etildi.

X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida Markaziy ko‘rgazmalar zalida installyatsiya, videoart, perfomans, haykaltaroshlik, grafika va rangtasvir asarlardan iborat  keng qamrovli ko'rgazma ochildi.