Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” bag‘ishlangan Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”
DASTURI
Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” ishtirokchilari va mehmonlari 21 aprelga qadar Toshkent shahriga yetib keladilar.
15 APREL – SESHANBA
11:00 - Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ning matbuot anjumani. (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zali)
BIRINCHI KUN
21 APREL - DUSHANBA
K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti kuni
10:00 – Kamoliddin Behzod haykali poyiga GUL QO‘YISH MAROSIMI. K. Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi bog‘ hududida
11:00 – Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali OCHILISH MAROSIMI. (Markaziy ko‘rgazmalar zali)
• K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “T-shirt” loyihasi. Kurator – Teatr bezagi rangtasvir kafedrasi dotsenti Tatyana Fadeyeva
• Toshkent xalqaro Kimyo universiteti loyihasi
• Keimyung University (Janubiy Koreya) talabalari loyihasi
• “Art-karvon” ijodiy guruhining Rossiya-O‘zbekiston loyihasi (kurator Irina Kovalenko (Rossiya), Mamasaliyev Ashurmuxammad (O‘zbekiston)
11:00 – XURSHID ZIYAXANOVNING “SHARQONA KUBIZM” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining Ochilishi. Kurator – san’atshunos Manushak Arushanova.
(Farg‘ona shahri, Farg‘ona Davlat tarix va madaniyat muzeyi)
12:00 - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi oʻrtasida memorandum imzolash marosimi.
(O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi)
13:00 - TAEKVONDO sport jamoasining chiqishi (Keimyung University. Janubiy Koreya).
(Markaziy koʻrgazmalar zali)
13:30 – “Vista-artista”dan akvarel bo‘yicha mahоrat darsi
(Markaziy koʻrgazmalar zali)
14:00 - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi amaliy san’at sho‘basining amaliy san’at bo‘yicha mahorat darsi
(Markaziy ko‘rgazma zali)
15:00 – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Keimyung University (Janubiy Koreya) talabalari tomonidan tayyorlangan “SEHR VA RANG” nomli zamonaviy va an’anaviy liboslar namoyishi.
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
16:00 - Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi Ustoz va shogird an’analari asosida o‘qituvchi va talabalarining “PARVOZ” deb nomlagan ko‘rgazmasining ochilishi .
(Toshkent Fotosuratlar uyi)
17:30 - KEIMYUNG UNIVERSITY (Janubiy Koreya) tasviriy san’at fakulteti PROFESSORLARINING badiiy ko‘rgazmasining ochilishi.
(O‘zbekiston Badiiy akademiya galereyasi)
IKKINCHI KUN
22 APREL - SESHANBA
P. Benkov nomidagi ixtisoslashtirilgan Respublika rassomlik maktabi kuni
10:00 - K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “JADIDLARNI XOTIRLAB” nomli plakat ko‘rgazmasining ochilishi
(K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti)
10:30 - “Vista-artista”dan akril bo‘yicha mahorat darsi
(Markaziy koʻrgazmalar zali)
11:00 – Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining “O‘ZINGDAN - O‘ZINGACHA” badiiy ko‘rgazmasi. Badiiy rahbar Maxkamova Sabohat
(I. Xiroyama Madaniyat karvonsaroyi)
12:00 - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tarixiy LIBOSLAR NAMOYISHI.
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
15:00 - TURKSOY xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “TURK DUNYOSINING AYOL RASSOMLARI” xalqaro ko‘rgazmasining ochilishi.
(O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi)
17:00 – O‘zbekistonning yosh zamonaviy rassomlari ishtirokidagi “QUROQ” ko‘rgazmasi. Alimxodjayev Bobur, Serafim Dim, Tamila Bismaxova, Roza Baxronova. Kurator - Yadgarova Nigora
(I. Xiroyama nomidagi Madaniyat karvonsaroyi)
UCHINCHI KUN
23 APREL - CHORSHANBA
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi kuni
10:30 – An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan talabalarning “EGO XXVI: KINOYA – SAN’ATDA BADIIY VOSITA SIFATIDA” eksperimental konferentsiyasini tashkil etish. Kurator: professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Akbar Hakimov
(O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zali)
11:00 – Galitskaya Kamilaning akvarel bo'yicha ZXK “Nevskaya Palitra” bilan hamkorlikdagi mahorat darsi
(Markaziy ko'rgazmalar zali)
11:30 - K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti kulolchilik kafedrasining “ASARLARDA AKS ETGAN MEROS” zamonaviy kulolchilik buyumlari ko‘rgazmasi
(Toshkent Fotosuratlar uyi)
12:00 - Rassom MUZAFFAR ABDULLAEV ijodiga bag‘ishlangan albom taqdimoti. Muallif: Manushak Arushanova
(O‘zbekiston Badiiy akademiyasi majlislar zali)
12:00 - Rossiyalik rassomlar Arxipov ANDREY VLADIMIROVICH VA KOVALENKO IRINALARDAN mahorat darslari
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
14:00 - ZXK “Nevskaya Palitra” va Umar Rajabov bilan hamkorlikda rangtasvir bo‘yicha mahorat darsi
(Gipermarket “Beta-art” Manzil: Karimov ko‘chasi, 17. MUM, 2-qavat)
14:30 – “ISTANBULDAN TO TOSHKENTGACHA” turk ustalarining ko‘rgazmasi (Miniatyura,xattotlik)
(K.Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi)
15.00 – “KAMOLIDDIN BEHZOD IZDOSHLARI” yosh ijodkorlarning an’anaviy ijodiy tanlovi ko‘rgazmasining ochilishi va g‘oliblarni taqdirlash. (Miniatyura va amaliy san’at)
(Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi)
TO‘RTINCHI KUN
24 APREL – PAYSHANBA
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi kuni
10:00 - TURKSOY xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Turk dunyosining ayol rassomlari” xalqaro ko‘rgazmasining ishtirokchilari BILAN IJODIY UCHRASHUV
(O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi)
11:00 – Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan zamonaviy va an’anaviy LIBOSLAR NAMOYISHI
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
11.30 – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining Professional ta’lim fakulteti Tasviriy san’at kafedrasi “Badiiy ta’limda tasviriy va amaliy bezak san’atining dolzarb muammolari: Integratsiya va amaliyot” mavzusidagi ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASI
(O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zali)
14:00 - Festival ishtirokchilari uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga ekskursiya
15:00 - Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Liboslar dizayni” kafedrasining zamonaviy va an’anaviy LIBOSLAR NAMOYISHI
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
17:00 - Pak Nadejdaning “MENING HIKOYAM” shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi
(Toshkent Fotosuratlar uyi)
BESHINCHI KUN
25 APREL – JUMA
Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati kuni
10:00 – TURKSOY xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Turk dunyosining ayol rassomlari” xalqaro KO‘RGAZMASINING YOPILISHI
(O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi)
11:00 – Professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Marina Borodinaning interer va landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darsi
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
13:30 – Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilarining Toshkent shahri mehmonlari uchun KONTSERT DASTURI
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
15:00 - Xalqaro an’anaviy “TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT” festivalining tantanali yopilishi hamda g‘oliblar va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi
(Markaziy ko‘rgazmalar zali)
Izoh:
Festival kunlari davomida soat 9:00 dan 18:00 gacha Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zali hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi bog‘i hududi atrofida quyidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalarining mahorat darslari hamda ijodiy ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi:
Shuningdek, shahar va viloyatlardagi oliy va o‘rta, ixtisoslashgan va umumta’lim muassasalari ishtirok etadilar.
Xalqaro Tasviriy va amaliy festival doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy tashkilot va muassasalarida bir vaqtning o‘zida mahalla yoshlari ishtirokida ko‘rgazmalar, mahorat darslari, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
• Zarur hollarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mazkur dasturga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.
Toshkent shahridagi ko‘rgazma zallari:
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi galereyasi
Manzil: S.Azimov, 35-uy.
Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zali
Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rashidova, 40. Telefon: 71 2565146
Toshkent Fotosuratlar uyi
Manzil: Mirobod tumani, Istiqbol, 4. Telefon: 71 2335167; 71 2338051
Ikuo Xirayama madaniyat karvon saroyi
Manzil: Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib, 37 A. Telefon: 71 256 35 56
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi
Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rashidova, 40. Telefon: 71 256 28 32
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi
Manzil: Yunusobod tumani, Buyuk Turon, 2
+998712335674