Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 18–20 noyabr kunlari "Ipak yo‘li moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi doirasida O'zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi hamda O'zbekiston Respublikasi "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi "Ipak yo'li" xalqaro tadqiqot instituti o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.

Memorandumdan ko'zlangan maqsad — ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma'rifiy loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish, tomonlar faoliyati sohasidagi tadqiqotning ustuvor yo'nalishlarini belgilash bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkazish hamda qo'shma ko'rgazmalar tashkil etish, faoliyat doirasida nashrlarni amalga oshirish borasida yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Shuningdek, "Ipak yo‘li moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumida muzey direktori Gulabza Qarshiyeva, muzey katta ilmiy xodimlari Asalxon Raxmatullayeva va Zilola Asqarovalar ma’ruza bilan ishtirok etdilar.