close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston: mahalla – an’analar – insoniy qadriyatlar" mavzusida rangli rasmlar tanlovi e’lon qilingan edi.

Bugun Nukus shahri Yoshlar markazida ushbu tanlovning Nukus shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 20–40 yosh oralig‘idagi rassomlar qatnashib, berilgan mavzu asosida suratlarni shu yerda, musobaqa davomida chizishdi. Ishtirokchilar mahalla hayoti, milliy an’analar va insoniy qadriyatlarni o‘z asarlarida badiiy ifodalab berdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan asarlarning g‘oyaviy mazmuni, badiiy yechimi va ijro mahorati inobatga olinib, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

👉 1-o‘rin"Qizilqum" MFY, Aybatov Jetkerbay.
2-o‘rin"Chimboy choyxonasi" MFY, Sultanov Timur.
📌 3-o‘rin"Do‘stlik" MFY, Qozoqboyev Elaman.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.