close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2026-yil 2-martdagi I-36-son qarori buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq “Amir Temur oyligi” doirasida maktab-internatida “Yangi O‘zbekiston va Temuriylar merosi” nomli uchrashuv kechasi o‘tkazildi. Kechani maktab-internati direktori ochib berdi va boshqarib bordi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor M.A.Qarlibaev ishtirok etdi.

Kecha davomida Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatining jahon sivilizatsiyasi va o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi.