close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Toshkent fotosuratlar uyida yangi ko'rgazma ish boshladi.

Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent fotosuratlar uyida IIV «Postda–Na postu–At The Post» gazetasi va «Qalqon–Shchit–Shield» jurnali Birlashgan tahririyati fotomuxbiri, «Oltin qalam» milliy mukofoti sohibi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, fotorassom Abu Kenjayevning «Yangi O‘zbekiston – Yangi ichki ishlar organlari» nomli fotoko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Fotoko‘rgazmada ijodkorning Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga oid 100 dan ortiq asarlar namoyish etilmoqda.

Suratlarda huquq-tartibotni mustahkamlash borasida fidoyi xodimlarning turli murakkab vaziyatlarda ko‘rsatgan matonatlari, xizmatga hayot yo‘lini bag‘ishlagan faxriylarga e’tibor, yoshlarni Vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashishda qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini bajarish paytida halok bo‘lgan soha xodimlarining qahramonliklari o‘z aksini topgan.

Fotoko‘rgazma davom etadi.
📸 Fotolar muallifi: Ilona Pokrovskaya @photoipokrovskaya