Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

15-oktyabr kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida installyatsiya, video-аrt, perfomans, haykaltaroshlik, foto va rangtasvir asarlaridan iborat bo‘lgan  Yevroоsiyo ijodkorlari ko‘rgazmasi ochildi. 

Ushbu ko‘rgazmada G. Gochmuradov, V. Gurdov, B. Bozorov (Turkmaniston), A. Jabarov (Tojikiston), T. Brozovski (Polsha), I. Sduku, K. Mavrogeorgi (Gretsiya), S. Louson (Buyuk Britaniya), E. Vasikevichyus (Litva), M. Shabo (Vengriya), M. Abbasova (Ozarboyjon) kabi horijlik rassomlar ishtirok etmoqda. 

Biennalening kuratorlik loyihasi va chet ellik ishtirokchilarning asarlari zamonaviy san’atning turli ko‘rinishlari va shakllarida talqin etilgan bo’lib, u zamonaviy san’atni zamonaviy davr bilan birlashtiruvchi umumiy konsepsiyaga ega. San’atning bugungi kundagi o‘rni, uning jamiyatga munosabati, san’at va jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi ushbu loyihalarda odatdan tashqari qiyofalar, syujetlar va shakllarda aks ettirilgan.

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida S. Yo‘ldoshov, G. Jumagariy, E. Yag‘li, X. Rusudan, Sh. Sharofxo‘jaeva, D. Sharofxo‘jaev, N. Rasulov, D. Roziqov, Yo. Beknazarov, U. Saidov, L. Nesterovich, T. Fadeeva kabi o‘zbekistonlik rassomlarning loyihalari ham taqdim etilgan. 

Bugungi kunda O‘zbekistonda tasviriy san’at faol rivojlanishda davom etmoqda. Ko‘plab iste’dodli, o‘z uslubi va ijodiy yo‘liga ega yoshlar zamonaviy san’atga ildam qadamlar bilan kirib kelmoqda. Yevroоsiyo ijodkorlarining ko‘rgazmasi ularning ijodini dunyo miqyosidagi rassomlarga namoyish qilish, shuningdek, yosh rassomlarimizning dunyo miqyosidagi zamonaviy san’at ustalari ijodi bilan tanishishi va ular o‘rtasida aloqa o‘rnatilishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.