Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bishkek shahrida Gapar Aytiev nomidagi Milliy tasviriy san’at muzeyida “Turk dunyosi ayol rassomlari” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. (https://t.me/artacademyuz/24586)
🟢 Ochilish marosimida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad turkiy tilli davlatlar ayol rassomlarini birlashtirish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishdan iboratligini ta’kidladi.
🟢 Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, mazkur xalqaro loyiha kuratori Kamola Akilova so’zga chiqdi.
🟢 Akademik Kamola Akilova o‘z nutqida ko‘rgazmaning ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, turkiy ayollarning iste’dodi asrlar davomida anʼanaviy hunarmandchilik: gilamchilik, kigizchilik, kashtado'zlik, chitgarlikda namoyon bo’lib kelgani, zamonaviy ayol rassomlar o’z asarlarida go'zallik, uyg'unlik va inson ichki olamiga xos tushunchalarini aks ettirish orqali bu an’anani davom ettirayotganini ta’kidladi.
🟢 Ko‘rgazmada turkiy davlatlar - O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Turkiyadan 15 nafar taniqli ayol rassomlar asarlari jamlandi.
🟢 Yurtimizdan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo 2 nafar musavvir - Shahnoz Abdullayeva va Sarvinoz Qosimova qatnashayapti.
🟢 Ko‘rgazma doirasida davra suhbati, Bishkekdagi badiiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ishtirokchi rassomlarning mahorat darslari ham o‘tkaziladi.
🟢 Ko‘rgazmani kelgusida boshqa turkiy mamlakatlarda ham tashkil qilish rejalashtirilgan.