Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik, professor Akmal Nur Koreya Respublikasining Kemyong universiteti taklifiga asosan faxriy mehmon sifatida uşbu davlatda taşrifda (19-23-оktyabr) böldi.
Taşrif ikki davlat tasviriy san’ati istiqbolini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladigan muhim tadbirlar, uçraşuvlar, muloqotlarga boy böldi.
Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi taşrif davomida özbek milliy romançilik maktabining asosçisi, XX asr özbek adabiyotining eng yorqin va ölmas siymolaridan biri Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» romanini koreys tiliga tarjima qilgan Janubiy Koreyaning Kemyong (Keimyung) universiteti faxriy professori Kim Chung Sun bilan uçraşdi.
Asar koreys tilida «Oğriqli damlar» / «Alamli kunlar» nomi ostida çop etilgan.
Professor, janob Kim Chung Sun uşbu tarjima ustida qariyb 2,5 yil davomida juda sinçkovlik bilan iş olib borganini sözlab berdi.