Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 

Joriy yilning 19-mart kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom Vladimir Yelizarovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan muallifning grafik asarlaridan tashkil topgan “Vaqt” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada rassomning 60 ta grafika asari namoyish etildi.
Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi va Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan tashkillashtirilgan.

Vladimir Yelizarov o‘zining navbatdagi shaxsiy ko‘rgazmasiga, asosan,  kompozitsiya va natyurmortlardan tashkil topgan syurrealizm ruhidagi grafik asarlarini taqdim etgan. Rassom asarlarini kuzatsangiz 1920 yillarda shakllana boshlagan syurrealizm unsurlari va ta’limotiga tayanilganligini payqashingiz mumkin. Uning ko‘pgina ishlari syurrelistlarning yetakchi rassomi Salvador Dalining bevosita ta’siri ostida yaratilgan. Xatto, Dalining mashhur asarlaridan o‘z ishlariga syujet tariqasida kiritadi. Buning sababi syurrealizstlarning ijodda ma’lum g‘oyaga tayanib, ruhlarini erkin qo‘yishlari bilan bog‘liq, deyish mumkin. Syurrealizm realizmning yuksak bosqichi va unda simvolizm unsurlaridan ham ko‘plab foydalaniladi.
Vladimir Yelizarov kompozitsiya va natyurmortlari fikrning aql tomonidan nazorat qilinmasdan, mato yuzasiga tasodifan tushirilgandek holatni yuzaga keltiradi. Rassom asarlari kompozitsiyasini tushunib yetish uchun ramziy ishoralar va syujetlarga diqqat bilan e’tibor qaratish lozim...

Rassom haqida:
1951 y. – Rossiya Federatsiyasining Yujnouralsk shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yashay boshlangan.
1981 y. – P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan.
1986 y. – A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining grafika bo‘limini tugatgan.
2019 y. – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi.
Qator respublika va xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi. “Knigi” xalqaro tanlovi g‘oliblaridan bir.
Asarlari Germaniya, Gresiya, Polsha, Rossiya davlatlaridagi shaxsiy galereyalarda saqlanadi.