Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ekspert guruhi tomonidan joriy yilning 16-17 iyul kunlari badiiy ta'lim yo‘nalishlari mavjud davlat oliy ta’lim muassasalarining jami 35 nafar talabgorlar yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi. 

Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan quyidagi 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi:

Qambarova Nasibaxon Marufjon qizi – Andijon davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi Dastgohli rangtasvir; 

Shodiyev Alisher Xakim o‘g‘li – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi, Rangtasvir (turlari bo‘yicha);

Azimjonov Хasan Akmal o‘g‘li – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi, Grafika va miniatyura;

Malikjonov Muxammadrasul Jamoldin o‘g‘li – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi, Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha);

Allambergenov Salamat Jaksibayevich – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs talabasi, Amaliy san’at (turlari bo‘yicha);

Tilovova Diyora Dilmurod qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 2-kurs talabasi, Dizayn (turlari bo‘yicha) tanlov yo‘nalishi;

Irgasheva Sojida G‘olib qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi, San’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha).

🎨Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi guvohnomasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan joriy yilning 20 avgustiga qadar tantanali ravishda topshiriladi.