Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025-yil 21-noyabr kuni yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, tasviriy san’atni ommalashtirishga qaratilgan “NAVQIRON O‘ZBEKISTON” KO‘RGAZMA-TANLOVI bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi:

  • tasviriy san’at: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik;

  • dizayn: arxitektura, landshaft, interyer;

  • zamonaviy sanʼat: fotoart, videoart, installyatsiya, perfomans va boshqalar;

  • dekorativ-amaliy san’at;

  • tanlov mavzusi – erkin.

Shartlar: ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 23 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta maxsus yoki oliy badiiy ma’lumotga ega yosh rassomlar taklif etiladi.


Ko‘rgazma-tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:

1-BOSQICH. 2025-yil 6–27 oktabrgacha yuqoridagi ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar uchun:
festivaldhv23@mail.ru manziliga elektron pochta orqali yuboring:

  • ishtirokchi anketasi;

  • pasport nusxasi;

  • ta’lim bo‘yicha diplomning nusxasi;

  • so‘nggi 5 yil ichida yaratilgan ijodiy ishlarning PDF yoki JPG formatidagi fotosuratlari.

Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar tanlov komissiyasining natijalari haqida xabardor qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza namunasi ilova qilinadi;
https://dhv-art.uz/; www.art-academy.uz.


2-BOSQICH. 2025-yil 1-14 noyabrgacha Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Sh.Rashidov 40-uyda joylashgan Markaziy ko‘rgazmalar zali tomonidan birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilarning saralangan ishlari qabul qilinadi.

Tanlov shartlari bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining http://www.art-academy.uz rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Anketani Navqiron O‘zbekiston telegram kanalidan olishingiz mumkin.


Qo‘shimcha ma’lumot

  • Mazkur Nizom talablariga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan ijodiy ishlar ko‘rib chiqilmaydi va baholanmaydi.

  • Festival hakamlar hay’atining qarori yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.


“Navqiron O‘zbekiston” ko‘rgazma-tanlovi tashkilotchilarining manzili:
1000029, Toshkent sh., Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy;
telefon: (71) 256-51-46; 71 256 05 47
elektron pochta: festivaldhv23@mail.ru
veb-sayt: www.art-academy.uz