Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev (1933-2023) ning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Yog‘ochdagi mo‘jiza” nomli hujjatli film namoyish etildi. 

🎬Mazkur film Ortiq Fayzullayev bosib o‘tgan yo‘l, ijodiy faoliyati, yurtimizda amaliy san’atning yog‘och o‘ymakorligi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiladi. Tadbirda amaliy san’at sohasining yetuk vakillari, yosh ijodkorlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan shogirdlar, amaliy san’at ustalari ustoz Ortiq Fayzullayevning barakali ijodi, barhayot merosi, insoniy fazilatlari haqida so‘z yuritdilar.
 

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zali O‘zbekiston xalq ustalari bilan ijodiy uchrashuv, davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda xalq ustalari, yosh ijodkorlar, san'at ixlosmandlari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatlarining amaliy san’at yo'nalishida dars beruvchi pedagoglari ishtirok etishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda xalq ustalari va ishtirokchilar bir-birlari bilan amaliy san'at yo'nalishi bo'yicha savollar almashishdi.

“Navqiron O‘zbekiston!” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanlovining 2-kuni doirasida mahorat darslari tashkil etildi.
 

“Navqiron O‘zbekiston!” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanloviga respublikamizning barcha hududlaridan yuborilgan ishchi guruh tomonidan saralangan hamda ko‘rgazmada namoyish etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.☑️

Ko‘rgazma-tanlov g'oliblari ertaga, 28-iyun kuni  soat 11:00 da bo'lib o'tadigan yopilish va taqdirlash marosimida e'lon qilinadi