Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joylashgan A.Pushkin nomidagi Markaziy shahar kutubxonasi ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, "Mehnat shuhrati"  ordeni sohibi,taniqli grafik rassom Asliddin Kalonovning “Tanishuv” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbek rassomining mazkur shaxsiy ko‘rgazmasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi  hamda Qozog‘iston rassomlar uyushmasining Chimkent shahar bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. 

Expozitsiyada  muallifning ko‘plab ijodiy izlanishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. 

Jumladan, ko‘rgazma ekspozitsiyasida rassom tomonidan grafikaning ofort, litografiya va akvarel turlarida ishlangan 50 dan ortiq ijod namunalari o‘rin oldi. 

Grafik asarlarda qishloq va shahar manzaralari, falsafiy fikrlar, o‘tmishga nazar mavzulari ifodalangan. 

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida Asliddin Kalonov  mezbon tashkilotchilar tomonidan "Qozog‘iston Respublikasi rassomlar uyushmasining 90 yilligi" estalik medali bilan taqdirlandi