Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

16-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblariga  mazkur stipendiya guvohnomasini tantanali topshirish  marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy 2024-yilda to’rtinchi bor O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli va ijodkor talabalari uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tuzilgan Ekspert guruhining qaroriga asosan 7 nafar iqtidorli ijodkor talaba tegishli taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur so'zga chiqdi.  

Badiiy akademiya raisi  taʼkidlaganidek, o‘zbek tasviriy va amaliy sanʼati, dizayn yo‘nalishida ko‘plab yosh isteʼdod egalari nom chiqarib, sanʼat maydonida munosib o‘rin egallashga, ko‘rgazmalar bilan  milliy sanʼatimiz yutuqlarini tanitishga intilayotgani quvonchli holdir. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi isteʼdodli yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratish, o‘zbek tasviriy sanʼatini izchil rivojlantirish faoliyatiga yana bir katta rag‘bat bo‘ladi.

Shundan so'ng  Badiiy akademiya raisi stipendiat talabalarga ushbu davlat stipendiyasi guvohnomasini topshirdi.

Tadbirda Kamoliddin Behzod stipendiyasi sohib va sohibalarining ustoz-murabbiylari ham so'zga chiqib, ularga o'z dil izhorini aytishdi, o'qish va ijodiy faoliyatda yutuqlar tilashdi. 

Shuningdek, so'z olgan stipendiatlar  ta’lim berayotgan, erishayotgan yutuqlarida xizmati singgan ustozlariga  minnatdorlik bildirishdi.