Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 19-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati xodimi  J.Eshmuminov  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab va maktab-internatlarining xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislariga Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarni amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan seminar trening o‘tdi.

Seminar davomida “Manfaatlar to‘qnashuvining salbiy illatlari, u bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, bu haqdagi ma’lumotlarni oshkor etish va deklaratsiya qilishning umumiy qoidalari yuzasidan  ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ma’ruzachi  "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun va mohiyati yuzasidan savollarga batafsil javob berdi.