Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 1-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rais o‘rinbosari boshchiligida Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati xodimi J.T.Eshmuminov tomonidan Badiiy akademiyada  Prezidentning 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-son qaroriga asosan, Badiiy akademiya tizim tashkilot va muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarni amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminari davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni qo‘llash borasidagi savollarga aniqlik kiritish, “Manfaatlar to‘qnashuvining salbiy illatlari, Manfaatlar tо‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, Manfaatlar tо‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va deklaratsiya qilishning umumiy qoidalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, ma’ruzachi J.T.Eshmuminov tomonidan Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun va mohiyatiga oid savollarga batafsil javob berildi.