Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Prezidentning tegishli qarorida har yili mart oyida «Milliy qadriyatlar oyligi» tadbirlari va xalq sayillarini o‘tkazib borish belgilangan.
⚡️ Mazkur oylik milliy qadriyatlar, urf-odatlar, xalqning turmush tarzi, qadriyatlari va maʼnaviyati kabi jihatlarni o‘zida mujassam etadi. “Milliy qadriyatlar oyligi”da rang-barang tadbirlar qatorida milliy liboslar targ‘ibotiga ham keng o‘rin berilgan.
⚡️Badiiy akademiya tasarrufidagi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi va Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining Libos bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasida mazkur oylik doirasida bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘z milliy libos kolleksiyasini namoyish qildi. Kolleksiya barchaga juda manzur bo‘ldi.