Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 28-iyun kuni Markaziy ko'rgazmalar zalida 2024 yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash»ga bag‘ishlangan “Navqiron O‘zbekiston” ijodkor yoshlar respublika amaliy san’at ko‘rgazma-tanlovining yopilish va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi☑️
Rag‘batlantiruvchi sovrin bilan taqdirlanganlar:
🎗Bobur Madaliyev (1993) - misgarlik buyumlari
🎗Abdurahmon Asqarov (2001) - to‘qimachilik buyumlari
🎗Murodxo‘ja Ortiqxo‘jayev (2001) - yog‘och buyumlari
🎗Zafar Yusufjonov (2001) - ganch
🎗Surayyo Xalilova (1996) - kashtachilik buyumlari
🎗Humoyun Zokirov (1996) - dekorativ plastika
🎗Malika Sodiqova (2002) - me'moriy ta'mirlash
🎗Azizbek Turopov (2001) - kulolchilik buyumlari uchun taqdirlandi.
“Navqiron O‘zbekiston-2024” ijodkor yoshlar respublika amaliy san’at ko‘rgazma-tanlovida:🏆
3️⃣- o‘rin: Robiya Bositova (2005) - “Zarrin liboslar” to‘plami,
2️⃣- o‘rin: Albina Sarsengaliyeva - (1997) gilamdo‘zlik buyumlari,
1️⃣- o‘rin: Ibrat Yusupov (1990) - zargarlik buyumlari,
Gran-pri: 🏅 Yusuf Shokirov (2003) - naqqoshlik buyumlari uchun taqdirlandi☑️
❗️Barcha g‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz va hay’at a’zolariga ham faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz❗️