Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 4-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur boshchiligidagi delegatsiyamiz xizmat safari dasturiga muvofiq Shanxay shahridagi Pudong sanʼat muzeyiga tashrif buyurdi.
Xuanpu daryosi bo‘yida bunyod etilgan, 40 0000 kv.metr maydonni egallagan ushbu muzey dunyoning yirik sanʼat maskanlaridan biri hisoblanadi.
Muzey mutasaddilari delegatsiyamizga sanʼat maskani faoliyati, ko‘rgazmaviy loyihalar haqida maʼlumot berishdi.
O‘z navbatida delegatsiyamiz ham Pudong muzeyi vakillariga O‘zbekiston sanʼat muzeylari faoliyati, xorijiy aloqalari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
Pudong sanʼat muzeyi faoliyat yo‘nalishida kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.