close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Yagellon universiteti (Krakov, Polsha) Janubiy Koreyaning Kemyon universiteti (Tegu sh.) prezidenti, professor, janob Synn Ilhini (Shin Il-hee) oʻzining oliy mukofoti — Plus Ratio Quamvis medali bilan taqdirladi.

Lotinchadan tarjima qilinganda “Aql kuchdan ustundir” degan maʼnoni anglatuvchi ushbu nufuzli mukofot ilm-fan, madaniyat rivojiga hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan koʻzga koʻringan shaxslarga topshiriladi.

Professor Synn Ilhi Osiyo miqyosida ushbu medal bilan taqdirlangan uchinchi laureat va Janubiy Koreya tarixidagi birinchi vakil boʻldi.

Mukofot janob Synn Ilhiga Koreya Respublikasi va Polsha oʻrtasidagi akademik aloqalar hamda madaniy muloqotni rivojlantirish yoʻlidagi koʻp yillik fidokorona mehnatlarini eʼtirof etish ramzi sifatida topshirildi.

Ushbu tantanali tadbirda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, faxriy mehmon Akmal Nur ishtirok etdi va soʻzga chiqdi. Akademik, professor Akmal Nur Kemyon universiteti (Tegu sh.) prezidenti, professor, janob Synn Ilhini ushbu mukofot bilan tabrikladi.