Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

16-may kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duishenkul Chotonov  O‘zbekiston Badiiy akademiyasida rais Akmal Nur qabulida bo‘ldi. 

O‘zaro muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikga oid yo‘nalishlar, jumladan, xalqlarimizning tarixiy do‘stligi va qardoshlik rishtalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutgan buyuk shaxslar, xususan, Chingiz Aytmatov haykali o‘rnatilishi,  qo‘shma madaniy tadbirlar va ko‘rgazmalar o‘tkazish, Qirg‘iziston rassomlari, amaliy sanʼat ustalari va fotograflarining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlarda ishtirokiga oid masalalar muhokama qilindi.