Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2024-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida Toshkent fotosuratlar uyi bilan hamkorlikda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston rassomlarining “Biz birgamiz” nomli jamoaviy badiiy ko‘rgazmasi ochildi. Mazkur ko‘rgazma  O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlandi.

O‘rol Tansiqboyev ijodida manzara yetakchi o‘rinni egallagan rassom edi. Uning har bir asarida jonajon o‘lkaga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Ana shu muhabbat bilan O‘zbekiston manzarasining ulug‘vor tasvirini chizdi.

“Biz birgamiz” fotoko‘rgazmasida ham qardosh o‘zbek, qozoq va qirg‘iz rassomlarining O‘zbekistonning boy manzarasiga bag‘ishlangan asarlari o‘rin oldi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 12 nafar  tasviriy sanʼati namoyandalari, jumladan  Sobir Raxmetov, Fayzulla Axmadaliyev, Zoir  Meliyev, Nortayloq Diyorov singari o‘zbek, Jambil Natbayev, G‘ani Boyanov, Jumaqin Qayranbayev, Aranshi Sharjanov, G‘aymran Baymuxanov,Shattiq Batan singari qozoq hamda Suyunbek Torobekov, Saparbay Osmanaliyev kabi qirg‘iz rassomlarining jami 64 ta asari namoyish etildi.

Joriy yilning yoz faslida  O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligi munosabati bilan yurtimizda qozoq, qirg‘iz va o‘zbek rassomlari ishtirokida xalqaro plener tashkil qilindi. 12 nafar rassom 10 kun davomida yurtimizning ko‘hna va navqiron Buxoro hamda Samarqand shaharlarida bo‘lib, ziyorat qilishdi, shu bilan birga ushbu tarixiy shaharlarimizdagi dunyoga tanilgan mashhur obidalarimiz, osori-atiqalarimizni birgalikda matoga muhrlashdi. “Biz birgamiz” fotoko‘rgazmasida aynan xalqaro plener mobaynida ijod qilingan asarlar, etyudlar  namunalari taqdim etildi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda davlatlarimiz o‘tasida qardoshlik aloqalari barcha jabhada bo‘lgani kabi, tasviriy sanʼat sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani, bu kabi ko‘rgazma, loyihalar xalqlarimiz o‘rtasida mustahkam madaniy ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida “Biz birgamiz” fotoko‘rgazmasida o‘z ijodiy asarlari bilan  ishtirok etgan rassomlar O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining diplomi hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Ko‘rgazma 15-oktyabrga qadar davom etadi.