Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida turk dunyosi rassomlarining  simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda. (https://t.me/artacademyuz/24666)

🟢 Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur boshchiligida taniqli rassomlarimiz ham  ishtirok etayapti.

🟢 Bugun,14-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan sanat arbobi, professor, Ozarbayjon davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Jeyran Maxmudova taklifiga muvofiq mazkur oliygohda bo'ldi.

🟢 Rektor Jeyran xonim Maxmudova dastlab mehmonni institut faoliyati bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda tasviriy sanʼat sohasida o‘zaro hamkorlik  aloqalarini mustahkamlash, yangi ijodiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish xususida fikr almashildi.

🟢 Muloqotda,shuningdek, Ozarbayjon xalq rassomi, professor, institutning dizayn va amaliy sanʼat kafedrasi  boshlig‘i Arif Aziz, xizmat ko‘rsatgan rassom, dotsent, tasviriy sanʼat kafedrasi boshlig‘i Rishat Jafarov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

🟢 Samimiy ruhdagi uchrashuv  yakunida akademik Аkmal Nur  Ozarbayjon davlat sanʼat va madaniyat instituti vakillarini  O‘zbekistonda tashkil qilinadigan tasviriy sanʼat haftaliklariga taklif etdi, mezbon tomon taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.