Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Chirchiq shahridagi “O‘rmon” madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi (O‘zBIU) Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan  ,,Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ustoz va shogird anʼanasi asosida plener tashkil kilindi.

Unda O‘zBIUga aʼzo rassomlar Olimjon Fozilov, Soliy Qodirov, Robert Kim, Tursinbay Jumanov, Furqat Usmanov, Tohir Shaymuradov, Baxtiyor Alimov, Rustam Mambetov, rassomlar Umida Imamatova, Olga Xorechko va  Chirchiq Davlat pedagogika universitetining bir guruh talabalari hamda mazkur universitet qoshidagi Art-studiya o‘quvchilari ishtirok etib, etyudlar chizishdi.

Plener doirasida rassom O.Fozilov yoshlarga akvarelda etyud chizish bo‘yicha mahorat mashg‘uloti o‘tadi.