Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida, Mirobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bolalar uchun “Ranglarda yoz quvonchlari” nomli festival tashkil etildi.

Festival doirasida bolalar uchun rasmlar tanlovi, tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari, kitob yarmarkasi, sport musobaqalari hamda kulol va rassomlar ishtirokidagi master-klasslar o‘tkazildi. Har bir tadbir ishtirokchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan bo‘ldi.

Tadbirda Mirobod tumanidagi umumta’lim maktablari hamda mahallalardan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin bola faol ishtirok etdi va o‘z iste’dodlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur festival orqali bolajonlarga nafaqat maroqli dam olish, balki san’at va madaniyat bilan yaqindan tanishish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.