Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
10-sentabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom Nusratulla Abdullayevning “Unutilmas lahzalar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada rassomning 80 dan ortiq rangtasvir va grafika asarlari, qator kitoblarga ishlagan illustratsiyalari namoyish etilmoqda.
Muallif uzoq yillarda buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga saboq berish barobarida ijodiy ishlar bilan ham shug‘ullanib kelayapti.
Rassom rangtasvirda ishlagan asarlari o‘ziga xos uslubga ega, ularda muallif ko‘ngliga yaqin joylar tabiatini, tevrak-atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarni, maishiy tushmushda ro‘y berayotgan turli voqealarni tasvirlaydi.
Ekspozitsiyada shuningdek, muallifning bir qator portretlari ham o‘rin olgan.