Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

5-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi miniatyura sho‘basi a’zosi miniatyurachi rassom Arifboyev Sherzodning “Qadam” nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

♻️Ko‘rgazma ijodkorning san’atga ilk kirib kelgan pallasidan to bugungi kungacha boʻlgan eng sara an’anaviy  va zamonaviy miniatyura san’ati uslubiga xos boʻlgan 30 dan ortiq asarlari namoyish etildi.

‼️Sherzod Arifboyev ushbu koʻrgazmasida sharq adabiyoti va falsafadagi ta’sir doirasi keng bo‘lgan kichik hikoyalardan ilhomlanib oʻz asarlarini yaratgan hamda sharqona qadriyatlarimiz va ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘llari haqida ko‘proq tomoshabinlarga yetkizib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.‼️

🎗Ochilish marosimida yosh rassomni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev ijodiy izlanishlarini alohida eʼtirof etib, Badiiy ijodkorlar uyushmasi diplomi bilan taqdirladi.