Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 11-dekabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida taniqli fotorassom va fotojurnalist Husniddin Ato va shogirdlarining "Bir maktab - turfa nigoh" deb nomlangan fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur ko'rgazma "Ustoz-shogird" an'anasiga bag'ishlangan bo'lib, unda Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi Husniddin Ato va fotografiya/fotojuranlistika yo'nalishida faol ijod qilayotgan va bu sohaga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlar asarlari o'rin olgan.
📌Husniddin Ato kar va zaif eshituvchilar uchun maxsus fotografiya kurslarini tashkil etib, bir qator yoshlarni professional fotograf bo'lishiga ko'maklashmoqda hamda ular orasida iste'dodlilar ko'p ekanligini, bu sohaga ham e'tibor qaratilishi kerakligini isbotlab kelmoqda.Ko‘rgazmada, shuningdek Husniddin Atoning Parij-2024 paralimpiya o'yinlaridagi jarayonlar, sportchilarning g'alabasini qanday nishonlagani hamda hissiyotlari tasvirlangan eng sara asarlari joy olgan.
🏆Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Husniddin Atoni yurtimizda fotografiya sohasi rivojiga qo'shayotgan xissasi, sermaxsul ijodi hamda qilayotgan ezgu ishlarini e'tirof etib, unga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi "Kumush medali" ni topshirdi.
Ko'rgazma joriy yilning 18-dekabriga qadar davom etadi.