Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

1-may kuni “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladi.

Ushbu tanlov 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilib, ishtirokchilar urush yillari xotirasi, insoniy jasorat va milliy qahramonlikni yorituvchi asarlar bilan qatnashdilar.

Tanlovga iste’dodli ijodkorlar tomonidan rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika yo‘nalishlaridagi 200 dan ortiq asarlar taqdim etilib, ular bir oy davomida “Shon-sharaf” davlat muzeyida keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi va malakali hakamlar hay’ati tomonidan badiiy yondashuv, mazmun va ifoda vositalari jihatidan baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar o‘z yo‘nalishlarida yuqori o‘rinlarni egallashdi:

🎗Gran-pri mukofoti – Yulduz Rajabova, Toshkent xalqaro kimyo instituti talabasi (Rangtasvir yo‘nalishi). “Sen yetim emassan” badiiy filmiga ishlangan kompozitsiyasi eng yuqori bahoga loyiq deb topildi.

🏆I o‘rin sohiblari:🏆

🥇Otajon Abduvahobov Haykaltaroshlik yo‘nalishi (Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi),
🥇Hasan Azimjonov Grafika yo‘nalishi (Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi),
🥇Karim UmirovRangtasvir yo‘nalishi (Toshkent xalqaro kimyo instituti talabasi).

❗️Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari ham tanlab olinib, ular diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.✔️