Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2024–2025-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish munosabati bilan “Iste’dodlar maskani – 2025” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov hamda institut rahbariyati ishtirok etib, bakalavriat va magistratura bosqichlarini a’lo baholar bilan tamomlagan hamda jamoat ishlarida faol qatnashgan bitiruvchilarga diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, marosim doirasida iste’dodli yosh ijodkorlar hamda mashhur estrada san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari uchun yuqori kayfiyat va unutilmas taasurotlar tuhfa etildi.