Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

MDH mamlakatlari rahbarlari kelishuviga asosan 2024-yilda Samarqand shahri “MDHning madaniyat poytaxti” maqomida edi.

Yil davomida Samarqandda MDH mamlakatlari xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Shundan so‘ng “MDHning madaniy poytaxti” maqomi Ozarbayjonning Lochin shahriga tantanali topshirildi va  Ozarbayjonning ushbu shahri 2025-yilda MDHning madaniy poytaxtiga aylandi. 

MDHga aʼzo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi ko‘magi bilan “Hamdo‘stlik madaniyati poytaxtlari” Davlatlararo dasturi doirasida joriy iyun oyi boshida "Lochin- Hamdo‘stlikning 2025-yildagi madaniy poytaxti" tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida MDHga aʼzo davlatlar rassomlarining pleneri va ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Plener hamda "Birlik ranglari" deb nomlangan sanʼat asarlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi Bobur Vahobjonov o‘z asarlari bilan faol ishtirok etdi.