Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-dekabrda qabul qilingan "Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-421-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida sportning mini-futbol turi bо‘yicha О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi musobaqasi boshlandi.
9-avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida ushbu mini-futbol o‘yinlari tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda bellashuvlarga rasman start berildi.
Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Tashmuhamedov mini-futbol xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollik orqali ish unumdorligini, jamoalararo hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi va ishtirokchi tarkiblarga omad tiladi.
9-avgust kuniga rejalashtirilgan o'yinda:
Murosasiz kechgan bellashuvlarda O'zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi hamda ikkinchi bosqich yo'llamasini qo'lga kiritdi.
10-avgust kuniga rejalashtirilgan o'yinda:
Qizg‘in kechgan bellashuvlarda Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi jamoasi g'olib bo'lib, ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, bir-biriga yaqin viloyatlar ta'lim tashkilotlari o'rtasida mazkur musobaqa ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi uchun mini-futbol musobaqasi Badiiy akademiya tasarrufdagi tashkilot hamda taʼlim muassasalari xodimlaridan iborat jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi va 23-avgustda yakuniga yetadi.