Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 14 - avgust kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Shuhrat” medali sohibasi Musavvar Ulmasovaning 70 yoshlik yubileyiga bag`ishlangan “Umr sarhisobi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassom yillar mobaynida yaratgan turli mavzudagi asarlaridan 60 ga yaqinini namoyish qildi.
Inson ma`lum bir yoshga borganda o`zi qilgan ishlarni sarhisob qiladi. Musavvar opa bu yil 70 yoshni qarshiladi. Jismonan va ma`nan tetik bu ayol yoshlar qatorida mehnat qilib kelmoqda. 35 yil pedagog –rassom bo`lib ishladi va hamon ishini davom ettirib keladi.
Rassom ijodi ayollarga xos, u go`zallikni sevadi, ayniqsa, turli xil gullarni. Rassom gullarda har xil rangni ko`radi. Ko`pincha rassomga gul sovg`a qilishadi, u bu gullarning so`lib qolguncha davrini chizishga harakat qiladi. Uning “Iris gullari”, “Ajoyib kun”, “Tog`dagi qishloq”, “Lolaqizg`aldoqlar” kabi asarlarida rassom o`z mahoratini ko`rsata olgan. O`ylaymizki, Musavvar Ulmasovaning ijodi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otadi va manzur bo`ladi.
Ko`rgazma joriy yilning 24-avgustigacha davom etadi.