close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarori (manba) ijrosini ta’minlash maqsadida, rejissyor-dramaturg-kompozitor-rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirishga qaratilgan “Nigoh” ijodiy loyihasi 2025-yilning avgust oyidan boshlab amalga oshirilmoqda.

🗓 18-sentyabr kuni loyiha doirasidagi navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi “Parkent” ijod uyida bo‘lib o‘tdi.


🤝 Ijodiy hamkorlik, ko‘rgazmalar va mahorat saboqlari

Tadbir Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir doirasida:

  • Ijodkorlar o‘rtasida muloqot va tajriba almashuvini rag‘batlantirish maqsadida

  • ko‘chma ko‘rgazma

  • mahorat darslari o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotlarda Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari, tajribali va iste’dodli rassomlar faol ishtirok etishdi.


👩‍🎨 Ustoz rassomlardan amaliy saboqlar

Tadbirda:

  • O‘zBIU a’zosi, taniqli rassom, teatr sahna dekoratsiyasi va postanovkalar muallifi, Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI “Teatr, sahna bezagi” kafedrasi o‘qituvchisi Tatyana Fadeeva

  • rangtasvir ustasi Murod Urmanov

tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

🔹 Bu saboqlar yosh rassomlar uchun muhim amaliy tajriba bo‘ldi, ularda ijodiy izlanish, texnika va kompozitsion yondashuvlar bilan bevosita tanishish imkoni yaratildi.


🖼 Rustam Mambetovning shaxsiy ko‘rgazmasi – “Ona tabiat kuylari”

“Nigoh” loyihasi doirasida O‘zBIU a’zosi, yosh va istiqbolli rassom Rustam Mambetovning “Ona tabiat kuylari” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

🖌 Ekspozitsiyada rassomning:

  • manzara janridagi asarlari

  • turli mavzularda yaratilgan, rang-barang uslubdagi ishlari

namoyish qilindi. Tomoshabinlar, ayniqsa, tabiat manzaralari orqali tabiiy go‘zallik va ruhiy uyg‘unlikni aks ettirgan ishlariga katta qiziqish bildirishdi.


✨ Ijod davom etadi

“Nigoh” loyihasi doirasidagi tadbirlar nafaqat yosh ijodkorlar uchun ko‘nikma va ilhom manbai, balki san’atkorlar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro muloqot va o‘zaro boyish imkoniyatini ham taqdim etmoqda.