Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida Kemyong universiteti muzeyining ochilish marosimida qatnashdi. Universitet mutasaddilari, muzey tashkilotchi va homiylari bilan suhbatlashdi, fikr almashdi. Universitetga estalik sifatida o‘z mo‘yqalamiga mansub asarini topshirdi.
2023-yilda poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalida Janubiy Koreyaning “Quvnoq garmoniya” nomli nogiron iqtidorli bolalar ansambli o‘z chiqishlari bilan ishtirok etgan edi. Badiiy akademiya raisi Kemyong universitetida ushbu ansambl aʼzolari bilan uchrashdi, kelgusi rejalar xususida suhbatlashildi.
“Quvnoq garmoniya” ansambli uchrashuvda ustoz Akmal Nurga “Fantaziya” kuyini ijro etib berishdi.