Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Turkiya poytaxti Anqara shahrida buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg‘oniy byustining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Buyuk bobokalonimiz Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur.
Anqaraning Kechioren tumanidagi istirohat bog‘laridan birida tashkil etilgan tadbirda Turkiya Buyuk millat majlisi, diplomatik korpus, madaniyat va ilm-fan arboblari, siyosatchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Ahmad al-Farg‘oniy sharafiga byust o‘rnatilishi tarixiy merosimizga bo‘lgan yuksak hurmat va ma‘naviy birdamlik ramzi ekanligi ta'kidlandi.
Ahmad al-Farg‘oniy byusti O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Ergashali Tojiboyev tomonidan yaratildi.