Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Shanxay shahrida (XXR) 13-Xalqaro nomoddiy madaniy merosni himoya qilish forumida  ishtirok etayotgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 6-iyun kuni Shanxay sanʼat kolleksiyasi muzeyi presidenti Xu Mu Chin bilan uchrasdi. 

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish xususida fikr almashildi. 

Janob Xu Mu Chin 2024-yilda X Toshkent xalqaro zamonaviy sanʼat biennalesida hayʼat aʼzosi sifatida ishtirok etgan va O‘zbekiston tasviriy sanʼati yutuqlarini yuksak baholagan edi.

Uchrashuvda ikki rahbar tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Shanxay sanʼat kolleksiyasi muzeyi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.