Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Vodiy viloyatlarida xizmat safarida bo’lgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 12-sentyabr kuni  Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatiga bordi.

Rais Badiiy akademiya tasarrufidagi mazkur maktab-internat faoliyati, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim maskanida mavjud 13 ta yo'nalish bo'yicha olib borilayotgan ijodiy jarayon bilan tanishdi.

 Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida O'zbekiston Badiiy akademiyasi rais Akmal Nur hamda o'quvchi yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuv o'quvchilar bilan savol-javob tariqasida o'tkazildi, o'zining mazmunli  savollari bilan ishtirok etgan 10-sinf o'quvchisi Bexruzbek Baxtiyorjonovga Akmal Nur o'zining  ijodiy ishlar to'plamini sovg'a qildi. 

Muloqot jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar badiiy ta'limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida o'zlariga kerakli ma'lumotlar oldilar.