Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

 27-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Direktorlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirok etdi.

Faoliyat yuzasidan 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Badiiy akademiya loyihalari, yechimini kutayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi.

2025-yilda ham O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini keng targ'ib etish, yuksaltirishga xizmat qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, festival, biennale va anʼanaviy ko‘rgazmalar, boshqa yangi ijodiy loyihalar, sohada xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish, tizimdagi tashkilot hamda taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi borasida izchil ish olib borilishiga urg‘u berildi.

Jumladan, shu  yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida  Badiiy akademiya tashabbusi bilan doimgidek qator vazirlik va idoralar hamkorligida respublikamiz bo‘ylab Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda  ushbu xalqaro sanʼat haftaligiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama etildi, festival doirasida amalga oshiriladigan ijodiy loyihalar, ko‘rgazmalar yuzasidan fikr almashildi.