Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Sodiqov Farhod Akramovich Badiiy akademiyaning Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Farhod Sodiqov 1987-yilda Samarqand viloyati, Payariq tumanida tug‘ilgan.

🎓 2011-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. 

💼  Mehnat faoliyati davomida:
🔹 2011-2017-yillarda — Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Bolalar musiqa va san’at maktablari  faoliyatini muvofiqlashtirish sektori bosh mutaxassisi, sektori mudiri,
🔹  2017-yilda — Samarqand viloyati hokimligi Madaniyat boshqarmasi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi,
🔹  2017-2018-yillarda — Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tashxis bo‘yicha metodisti,
🔹  2018-2019-yillarda — Samarqand viloyati  madaniyat boshqarmasi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari,
🔹  2020-2022-yillarda — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘lim boshlig‘i,
🔹  2022-2025-yillarda — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni  qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i.

2025-yildan tayinlovga qadar Farhod Sodiqov  - “Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasasi Kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish  va attestatsiya jarayonlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.